Tayyor Moliyaviy pasport, har oy uchun tushunarli budjet, moliyaviy yostiqcha yaratish rejasi, qarzlardan chiqish sanasi va keyingi moliyaviy qadamlar bo‘yicha aniq strategiya
Moliyaviy tartibsizlikdan tartibli tizimgacha
Pul qayerga ketayotganini tushunmaydigan, jamg‘armasiz yashayotgan yoki qarzlardan chiqishni istayotganlar uchun
Oilangizning to‘liq moliyaviy holatini bitta vosita — Moliyaviy pasportda jamlaysiz: daromadlar, xarajatlar, aktivlar, jamg‘armalar, qarzlar va majburiyatlar
Har oy pul qayerga sezilmay sarflanayotganini ko‘rasiz, oilaviy budjet tuzasiz va hozirdanoq oilaviy maqsadlar uchun qancha pul ajrata olishingizni aniqlaysiz. Qarzlarni yopish strategiyasini tuzib, ulardan to‘liq chiqish sanasini hisoblaysiz
Moliyaviy yostiqcha uchun kerakli summani aniqlab, uni yaratish rejasini tuzasiz. Bank vositalaridan xavfsiz foydalanish va firibgarlik sxemalarini aniqlashni o‘rganasiz
Oilaning umumiy moliyaviy maqsadlarini belgilaysiz hamda qarindoshlarga yordam, to‘y va boshqa yirik xarajatlarni nizosiz, oilaviy budjetga zarar yetkazmasdan rejalashtirish bo‘yicha kelishib olasiz
NOLINCHI DARS BILAN BIRGA 19 TA DARS
Ta’lim davomidayoq pulning qayerdan chiqib ketayotganini topib, muntazam jamg‘arishni boshlaysiz. Tayyor Shaxsiy moliyaviy rejangizda har bir oilaviy maqsad uchun qancha pul kerakligi bilan birga bu mablag‘ni qayerdan olishni ham ko‘rasiz
Jamg‘armadan kapital yaratishgacha
Pul jamg‘arishni allaqachon boshlagan, ammo jamg‘armalarini qanday qilib kapitalga aylantirish va investitsiyaga tayyorlanishni hali bilmayotganlar uchun
O‘z A nuqtangizni aniqlaysiz: aktivlar, qarzlar va kapitalning sof qiymatini hisoblaysiz. So‘ng muhim oilaviy maqsadlarni summa, muddat va har oylik harakatlar ko‘rsatilgan aniq rejaga aylantirasiz
Shaxsiy moliyaviy reja tuzasiz va kapital yaratish uchun muntazam qancha mablag‘ yo‘naltira olishingizni, bu summa 5, 10 va 20 yilda qanchaga o‘sishi mumkinligini hamda murakkab foiz maqsadlarga erishishni qanday tezlashtirishini hisoblaysiz
Investitsiya pulni shunchaki saqlash va treydingdan nimasi bilan farq qilishini tushunasiz, asosiy aktiv turlari bilan tanishasiz hamda investitsiya vositalarining islom moliyasi tamoyillariga mosligini tekshirishni o‘rganasiz
Hozirgi holatingizga mos bosqichdan boshlashingiz yoki bir nechta bosqichni ketma-ket o‘tishingiz mumkin
Uch bosqich — pulni tartibga solishdan shaxsiy investitsiya portfeligacha
Siz ta’limni ochilgan brokerlik hisobi, amalga oshirilgan birinchi bitim yoki tayyor investitsiya portfeli bilan yakunlaysiz. Nimalarni sotib olish kerakligini, aynan nima uchun bu vositalar sizga mos kelishini va investitsiya portfelingizni qanday boshqarishni tushunib olasiz.
Birinchi bitimdan shaxsiy portfelgacha
Investitsiya qilishga allaqachon tayyor bo‘lgan, ammo nimadan boshlashni bilmayotganlar uchun. Shuningdek, do‘stlarining tavsiyasiga ko‘ra allaqachon investitsiya qilib, pulining bir qismini yo‘qotgan va endi investitsiyalarni mustaqil o‘rganib, bu bilimlardan butun umri davomida foydalanishni istaganlar uchun
Siz investitsiyalarning asosiy turlarini o‘rganasiz. Ular qanday daromad keltirishini, xavf darajasi bo‘yicha qanday farq qilishini va qaysi vositalar maqsadlaringizga mos kelishini tushunasiz
Kompaniyalarni tahlil qilishni, investitsiya takliflarini tekshirishni va ishonchli vositalarni firibgarlikdan ajratishni o‘rganasiz. Islomiy investitsiyalarni ham tushunib olasiz va ularni bazaviy tekshirishni o‘rganasiz
Ta’lim davomida investitsiya strategiyangizni shakllantirasiz va kapitalingizni turli vositalar o‘rtasida taqsimlaysiz. Brokerlik hisobini ochasiz, birinchi bitimingizni amalga oshirasiz va o‘z investitsiya portfelingizni shakllantirasiz